Back to Browse

Doʻst

645 views
Sep 4, 2025
3:20

Title: Doʻst Artist: Sardor Rahimxon Album: Otajon Year: 2014-01-13 Genre: Pop Track number: 21/21 Lyrics: Avvalo hech kimsani Boshiga ish tushmasin, Ish tushsa gar boshiga, Chin doʻstlari qochmasin. Qochsalar chin doʻstlari, Yana bagʻrin ochmasin, Doʻstni doʻst ekanligin Ishing tushsa bilarsan. Chin doʻstlar – yoʻgʻingda doʻst, Yiqilgan chogʻingda doʻst, Bemor boʻlsang holingdan Xabar olsa shunda doʻst. “Doʻstim yoʻq”, deb kuyinma, Izlama hech urinma, Xudo bersa dastingga Bosgan qadamingda doʻst. Davlatingni borida Yurar gaping maʼqullab, Yoningda hamroh boʻlar, Xato qilishing poylab. Gar qoqilsang yoʻlingda, Kelmaydi bir bor yoʻqlab, Doʻstni doʻst ekanligin Ishing tushsa bilarsan. Unday “doʻst”lar shuhrating Uzoqdan payqaydilar, Sovgʻa-salomlar olib, Har kuni yoʻqlaydilar. Ishonma hech ularga, Ular doʻst boʻlmaydilar, Doʻstni doʻst ekanligin Ishing tushsa bilarsan. Chin doʻstlar – yoʻgʻingda doʻst, Yiqilgan chogʻingda doʻst, Bemor boʻlsang holingdan Xabar olsa shunda doʻst. “Doʻstim yoʻq”, deb kuyinma, Izlama hech urinma, Xudo bersa dastingga Bosgan qadamingda doʻst. Ketganida omading Yaqin doʻstlaring ketar, Yonma-yon boʻlib qolsang, Oʻzin begona tutar. Oʻksimagin, ey dilim, Ular shundayin oʻtar, Doʻstni doʻst ekanligin Ishing tushsa bilarsan. Aslida bilsang agar, Yagona doʻst – Alloh doʻst, Yana ota-onang doʻst, Akang doʻst yo ukang doʻst. Opang, singling, chin yoring, Sevgan farzandlaring – doʻst, Doʻstni doʻst ekanligin Ishing tushsa bilarsan. Chin doʻstlar – yoʻgʻingda doʻst, Yiqilgan chogʻingda doʻst, Bemor boʻlsang holingdan Xabar olsa shunda doʻst. “Doʻstim yoʻq”, deb kuyinma, Izlama hech urinma, Xudo bersa dastingga Bosgan qadamingda doʻst.

Download

0 formats

No download links available.

Doʻst | NatokHD