Back to Browse

Mening onam...

339 views
May 9, 2026
2:33

Tunlar uyqu bilmay bedor bo'lganim, Mening uchun har dam tayyor turganim. Baxtimni tilar-u, g'amimni yer u, Mehri daryo, qalbi bahor – onam u. Oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazgan, Zahmatlar chekib, uzoq yo'l bosgan. Issiqda soya-yu, sovuqda oftob, Dardimga malhamdir, har so'zi kitob. Yiqilsam qo'limdan tutganim o'sha, Mening quvonchimga quvongan o'sha. O'zi yemay yedirgan, kiymay kiydirgan, Borliqni menga u munavvar qilgan. Duosi qalqondir har bir balodan, Asrar u ko'z yoshdan, og'ir jazodan. Dunyo tashvishlari kelsa ham boshga, Onamning mehri yetar har bir yoshga. Qarzimni uzmoqqa umrim yetarmikin? Mehnatini qaytarmoq oson bo'larmikin? Siz mening jannatim, baxtim sadosi, Omon bo'ling doim, qalbim nidosi.

Download

0 formats

No download links available.

Mening onam... | NatokHD