Quyosh chiqar, ammo olam qorong‘u,
Yuragimda bitmas, cheksiz bir og‘ru.
Sening yo‘qligingga ko‘nikmoq mushkul,
Sensiz hayot go‘yo so‘lgan bir gul.
Har bir qadamimda izlaring bordir,
Sening ovozingga bu ko‘nglim zordir.
Devordagi surat boqadi jimjit,
Sensiz hayot yarim, orzular mayib.
Sog‘inch azoblari bag‘rimni tilar,
Armonlar ko‘zimda yosh bo‘lib kular.
Suhbatlarimizni eslayman har dam,
Sensiz hayot mahzun, ko‘zlarimda nam.
Duoga qo‘l ochib, so‘rayman Sabr,
Endi sening uying — sovuq bir qabr.
Ruhim sening bilan ketgandek go‘yo,
Sensiz hayot menga tor bo‘ldi dunyo.
Xotira bog‘ida kezaman yolg‘iz,
Tilingda bol edi, so‘zlaring lazziz.
Qalbimda yashaysan mangu, vafodor,
Sensiz hayot g‘urbat, dunyo esa tor.